Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh janubidagi g‘ayritabiiy sovuqda o‘n kishi halok bo‘ldi

AQSh janubidagi g‘ayritabiiy sovuqda o‘n kishi halok bo‘ldi

AQShning janubiy shtatlarida g‘ayritabiiy sovuq ob-havo tufayli o‘n kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi The New York Times.

Avvalroq Amerika OAVlari to‘rt nafar qurbon haqida xabar bergan edi.

Texas, Alabama va Jorjiya shtatlarida va boshqalarda o‘lim holatlari qayd etilgan.

AQSh ob-havo xizmatlari shiddatli sovuqdan zarar ko‘rgan hududlardagi aholiri o‘z transport vositalaridan foydalanmaslikka va uyda qolishga chaqirmoqda. Chunki so‘nggi kunlarda butun mamlakat bo‘ylab sovuq yuzlab yirik baxtsiz hodisalarga sabab bo‘ldi.

Texasning Xyuston shahridagi ikkita aeroportida barcha reyslar bekor qilindi. Umuman olganda, so‘nggi uch kun ichida mamlakat bo‘ylab 2000 dan ortiq reyslar bekor qilingan, yana 13 mingtasi kechiktirilgan.

Aksariyat janubiy shtatlar, jumladan, Luiziana, Missisipi va Alabama shtatlari qor bo‘roni tufayli o‘z tarixlarida birinchi marta favqulodda holat e’lon qildi. Ko‘plab maktablar o‘z faoliyatini to‘xtatdi.

Dam olish kunlari AQShni Arktika sikloni qoplab oldi. Ekstremal ob-havo yana bir necha kun davom etishi prognoz qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring