Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh davlat kotibi Ukrainani kutayotgan «og‘ir sinov» haqida gapirdi

AQSh davlat kotibi Ukrainani kutayotgan «og‘ir sinov» haqida gapirdi

Ukraina mojaroning hal qiluvchi bosqichida, chunki Rossiya yo‘qotishlarga qaramasdan frontning bir necha tarmoqlarida oldinga siljimoqda. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken 14-may kuni Kiyevga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.

«Biz (AQSh va Ukraina rasmiylari nazarda tutilmoqda) juda muhim pallada, muhim sinov vaqtida uchrashmoqdamiz. Rossiya Ukrainada, Xarkov viloyati va sharqda navbatdagi hujumni amalga oshirmoqda», — dedi departament rahbari.

Diplomatning ta’kidlashicha, «kelgusi haftalar va oylar ukrainaliklardan katta kuch talab qiladi», chunki Rossiya Qurolli Kuchlari frontning bir qancha tarmoqlarida oldinga siljimoqda.

Avvalroq Blinkenning Kiyevga to‘satdan tashrif buyurishi sababi ma’lum bo‘lgan edi. Diplomat Vashingtonning kelgusida qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini bildirish uchun Ukrainaga kelgan. Blinken ikki kunlik tashrif davomida mahalliy faollar bilan ham uchrashadi.

Biroz avval Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy shiddatli janglar boshlangani haqida xabar bergandi. Rossiya kuchlari Xarkov viloyatidagi janglarni kuchaytirgan. Volchansk shaharchasi qurshab olingan, aholi esa evakuatsiya qilingan. Kuchli artilleriya o‘qlari yomg‘iri ostida hudud juda katta talofat ko‘rgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring