Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijondagi YTHda ona va bola halok bo‘lishdi

Andijondagi YTHda ona va bola halok bo‘lishdi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Bugun, 23-iyul kuni soat 10:00 larda, Andijon viloyati, Andijon tumani, Qurama MFY hududidan o‘tuvchi A-373 «Toshkent-O‘sh» xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 485-kilometrida mudhish YHT sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, haydovchi, 1997-yilda tug‘ilgan F.A. «Neksiya 3» rusumli transport vositasini boshqarayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va 1980-yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvidagi «Spark» bilan to‘qnashgan. Shu vaqtda yana bir haydovchi, 1981-yilda tug‘ilgan N.T. «Spark»  harakatlanib kelib «Neksiya 3» avtomobiliga urilgan.

YHT natijasida dastlabki to‘qnashuv ishtirokchisi — «Spark»  haydovchisi A.A. hamda uning onasi —1958-yilda tug‘ilgan F.A. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan. Ushbu avtomashina yo‘lovchisi 1986-yilda tug‘ilgan D.X. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring