Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Rahimov Ulug‘bek Odashevich Andijon viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi

Ulug‘bek Rahimov 1971-yili Paxtaobod tumanida tug‘ilgan. 

Namangan sanoat-texnologiya instituti va republika Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil olgan. 

Xizmat faoliyatini 1994-yili O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Paxtaobod tumani qo‘mitasida boshlagan. 2000-yildan to shu kunga qadar qishloq xo‘jaligi sohasining turli yo‘nalishlarida samarali xizmat qilib kelmoqda. 

Tayinlovga qadar Andijon viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri vazifasida faoliyat olib borgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring