Abduqodir elchi bilan uchrashdi
O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi favqulodda va muxtor elchisi Ravshan Usmonov «Manchester Siti»ning yangi o‘zbekistonlik o‘yinchisi Abduqodir Husanov bilan elchixonada uchrashdi.
Bu haqda elchi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
«Manchester Siti» futbol klubi himoyachisi, hamyurtimiz Abduqodir Husanovga muvaffaqiyatlar tilaymiz, deb yozdi Ravshan Usmonov.
Abduqodir Husanov elchixonaga o‘z dastxati tushirilgan klub formasini sovg‘a qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter