Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 5000 nafardan oshdi

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 5000 nafardan oshdi

Foto: Xabar.uz

Bugun poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 18 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 14 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 14 nafar, shahar 1-son klinik shifoxonasida 34 nafar, shahar 3-son tug‘ruq majmuasida 7 nafar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida 19 nafar, Navoiy viloyatida 14 nafar, jami 125 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga  kuzatildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Shunday qilib, poytaxtimizdagi tibbiyot muassasalarida yana 87 nafar  bemor koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida «COVID-19»dan sog‘ayganlar soni 2860 nafarga yetdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida shifokorlarimizning fidoyiligi sabab «COVID-19»dan tuzalganlar soni 141 nafarga yetib, koronavirusdan holi hududga aylanmoqda.

Endilikda Qashqadaryo viloyatida infeksiyadan forig‘ bo‘lganlar soni 42 nafarni tashkil etmoqda.

Navoiy viloyatida esa koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 237 nafarga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring