2025-yilda soliq stavkalari o‘zgarmaydi
Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov 2025 yilda iqtisodiy soliq turlari bo‘yicha soliq stavkalari o‘zgarishsiz qolishini ma’lum qildi.
- foyda solig‘ining bazaviy stavkasi - 15 foiz;
- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i -12 foiz;
- ijtimoiy soliq - 12 foiz;
- aylanmadan olinadigan soliqning bazaviy stavkasi - 4 foiz;
- qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi - 12 foiz;
- yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi - 1,5 foiz miqdorda saqlab qolindi.
Avvalroq Senat tomonidan 2025 yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun ma’qullangani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter