Yanvar oyida inflyatsiyani ko‘proq tibbiyot xodimlari his qilgan – MB
![Yanvar oyida inflyatsiyani ko‘proq tibbiyot xodimlari his qilgan – MB](https://static.xabaruz.com/crop/6/5/920__95_656149169.jpg)
Yanvar oyi yakunlariga ko‘ra, aholi tomonidan sezilgan inflyasiya darajasi o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishsiz saqlanib qolib, 14,7 foizni qayd etdi.
Markaziy bank axborotnomasida qayd etilishicha, inflyasiya darajasining yuqori ko‘rsatkichi Sirdaryo viloyatida, nisbatan past inflyasiya darajasi esa Navoiy viloyatida sezilgan.
Bunda, asosan daromadsiz hamda daromadlari 5 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan aholi inflyasiya darajasi nisbatan yuqori sezgan.
Dekabr-yanvar oylarida aholi tomonidan narxlarida yuqori o‘sish kuzatilgan asosiy turdagi tovar va xizmatlar sirasiga esa, jumladan, go‘sht va sut, elektr va tabiiy gaz hamda benzin va yoqilg‘i kabilar kirgan.
Shuningdek, aholi tomonidan yuqori sezilgan inflyasiya darajasi davlat tashkiloti va tibbiyot sohalari vakillari tomonidan bildirilgan bo‘lsa, nisbatan past sezilgan inflyasiya darajasi maishiy xizmat sohasi vakillari tomonidan qayd etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter