Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Inflyasiya darajasi mart oyida yillik 8 foizni tashkil etdi – MB

Inflyasiya darajasi mart oyida yillik 8 foizni tashkil etdi – MB

Markaziy bankning «Pul kredit siyosati sharhi»ga ko‘ra, 2024-yilning I choragida umumiy inflyasiya darajasi pasayishda davom etib, mart oyida yillik 8,0 foizni tashkil etdi.

Ushbu davrda narxi oshishi o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan pastroq shakllangan tovar va xizmatlar soni bo‘yicha ulushi iste’mol savatining 67,8 foizini tashkil etgan.

MB sharhida ta’kidlanishicha, inflyasiyaning pasayishiga asosiy hissani oziq-ovqat va nooziqovqat mahsulotlari guruhlari qo‘shgan.

«Biroq, xizmatlar inflyasiyasida avvalgi chorakda kuzatilgan o‘sish 2024-yil I choragida ham davom etdi va umumiy inflyasiyaga oshiruvchi ta’sir ko‘rsatdi. Oziq-ovqat mahsulotlari inflyasiyasining pasayishiga asosiy iste’moldagi ayrim mahsulotlarning (bug‘doy va o‘simlik yog‘i) jahon narxlari hamda sabzavotlar narxlari barqarorlashishi ham ta’sir qildi.

I chorak davomida oziq-ovqat guruhlaridan mevalar, saqlash va logistika xarajatlarining ortishi hamda o‘tgan yilgi hosil anomal sovuq sababli kam bo‘lganligi tufayli umumiy inflyasiyaga oshiruvchi ta’sir ko‘rsatdi», – deyiladi manbada.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring