Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent ko‘chalarining biriga Otaturk nomi berilishi mumkin

Toshkent ko‘chalarining biriga Otaturk nomi berilishi mumkin

Toshkent shahri ko‘chalarining biriga Turkiyaning birinchi prezidenti Otaturk nomi berilishi mumkin.

Bu borada Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov hamda Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor Elchisi Olgan Bekar uchrashuvida gap borgan.

Jumladan, Shavkat Umurzakov o‘zbek-turk munosabatlari jadal rivojlanayotganini, bu, shubhasiz, davlatlarimiz rahbarlari asos solgan strategik hamkorlik mahsuli ekanligini ta’kidladi. Hamda bunda turk diplomatik korpusining ham xizmati beqiyosligini e’tirof etdi.

Olgan Bekar esa qabul uchun minnatdorlik bildirib, uning O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi yakuniga yetayotganini ma’lum qildi hamda avval muhokama qilingan masalalar – Turk maktabini kengaytirish, Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomini Toshkent ko‘chalaridan biriga berish hamda Toshkent shahrida Turk bog‘ini tashkil etish bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirdi.

Uchrashuv yakunida taraflar o‘zaro muloqotni davom ettirish hamda har ikki davlat uchun manftaatli hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring