Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Toshkentda lift qulab tushgan»i haqidagi xabarlar yuzasidan munosabat bildirildi

«Toshkentda lift qulab tushgan»i haqidagi xabarlar yuzasidan munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yashnobod tumani Normuhammedov dahasi 12-uyning lifti ichida odamlari bilan pastga qulab tushgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Qurilish va uy-joy xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganilgan.

Ta’kidlanishicha, liftning to‘xtash qavatiga kelganda sekinlashtirish funksiyasini amalga oshiruvchi datchik nosozligi tufayli o‘z vaqtida kerakli signal yetib bormagan. Shu bois liftning himoya fuksiyasi ishlab, 2 va 3 qavatlar oralig‘ida harakatlanishdan  to‘xtagan.

Ko‘p qavatli uyga xizmat ko‘rsatuvchi «Eco hudud» va liftlarning ekspluatatsiyasini shartnoma asosida amalga oshirib kelayotgan «Xavfsiz lift» tashkilotining 24/7 dispetcherlik xizmatiga kelib tushgan murojaat tezkorlik bilan bartaraf etilgan. Lift ichida qolgan aholi vakillari esa 4-5 daqiqa ichida chiqarib olingan.

Vazir o‘rinbosari, shuningdek, muammoni keltirib chiqargan sabab mohiyatiga yetish maqsadida Yashnobod tumani hokimi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi vakillari va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan holatni muhokama qildi. Bunda tizimni raqamlashtirish, kuzatuv mexanizmini yanada kuchaytirish lozimligi, shuningdek, mas’ullarga, lift kabinalarida aloqa kanallarini yaxshilash yuzasidan aniq topshiriqlar belgilanib, mazkur holatlarning oldini olish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalaga oshirish lozimligi ta’kidlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring