Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Timur Kapadzening Ispaniyaga qarshi o‘yinoldi fikrlari OAVda yoritilmadi: nega?

Timur Kapadzening Ispaniyaga qarshi o‘yinoldi fikrlari OAVda yoritilmadi: nega?

Futbol muxlislarini kecha, 23-iyul kuni Parij olimpiadasi doirasidagi futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Ispaniya olimpiya terma jamoalari o‘rtasida kechadigan futbol bahsi oldidan Timur Kapadze o‘tkazgan matbuot anjumani tafsilotlari qiziqtirmoqda. Chunki O‘zbekiston OTJ murabbiysining Ispaniyaga qarshi o‘yin oldi fikrlari OAVda yoritilmadi.

«Sababi esa oddiy O‘zbekiston OTJ bilan birgalikda olimpiada yo‘lini bosib o‘tgan O‘FA matbuot xizmati vakili Parijga olib ketilmagan. Shu sababli ham kechagi Timur Kapadzening fikrlari hech bir o‘zbek OAVsida chiqmadi. Katta ehtimol bilan Parijda bo‘lib turganlarning hech birini kechagi matbuot anjumani audiosini yozib olish xayolida ham bo‘lmagan», – deb yozmoqda championat.asia.

Nashrning yozishicha, O‘zbekistondan bir guruh OAV vakillari bo‘lajak olimpiya o‘yinlarini yoritish uchun uchib ketishgan, biroq ular ushbu anjumanga ulgurishmagan. Shu bilan birga, O‘zbekiston OTJ bilan bu holat qatorasiga ikkinchi marta sodir bo‘layotgani ta’kidlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring