Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandni Qashqadaryo bilan bog‘lovchi dovon vaqtincha yopildi

Samarqandni Qashqadaryo bilan bog‘lovchi dovon vaqtincha yopildi

«Taxtaqoracha» dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.

FVV ma’lumotiga ko‘ra, 3-fevral kuni soat 23:15 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining «Taxtaqoracha» dovonidan o‘tgan qismi qalin qor yoqqanligi sababli avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.

«Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda», – deyiladi xabarda.

Dovonning qayta ochilishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring