Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Raqamli iqtisodiyotda bandlikni ta’minlashga doir davlat dasturi ishlab chiqiladi – Robaxon Mahmudova

Raqamli iqtisodiyotda bandlikni ta’minlashga doir davlat dasturi ishlab chiqiladi – Robaxon Mahmudova

«Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzod Robaxon Mahmudovaning Caylovoldi dasturidan o‘rin olgan iqtisodiyotni isloh qilish yo‘nalishidagi maqsadlar va vazifalarda subsidiyalar berish tizimini yanada takomillashtirish va maqsadli ishlatilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, bojxona va soliq imtiyozlarini takomillashtirish, imtiyozlarni aniq sohalarga berish,  hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy bir xil o‘sishni ta’minlash, barcha tuman va shaharlarni bir maromda rivojlantirishni nazarda tutuvchi takliflar ilgari surilmoqda.

Shuningdek, nomzod bojxona va soliq imtiyozlarini takomillashtirish hamda imtiyozlarni aniq sohalarga berish kerak deb hisoblaydi.

«Buyurtmachi va yetkazib beruvchi o‘rtasida tuziladigan shartnomani chinakam huquqiy vositaga aylantiramiz va bu jarayonga hokimiyatning aralashuviga chek qo‘yamiz. Har qanday nizo sud qarori bilan yechim topishiga ustuvorlik beramiz.

Shu bilan bir qatorda, biz mahsulot sifatini qat’iy davlat nazoratiga olamiz, standartlarni takomillashtirib, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarish hamda narx-navolarni sun’iy ko‘tarishga qaratilgan xatti-harakatlar uchun kuchaytirilgan jazo choralarini qo‘llaymiz», – deydi Robaxon Mahmudova.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring