Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Robaxon Mahmudova shifokorlar va farmatsevtika kompaniyalarining o‘zaro xufiyona kelishuvlarini tanqid qildi

Robaxon Mahmudova shifokorlar va farmatsevtika kompaniyalarining o‘zaro xufiyona kelishuvlarini tanqid qildi

Joriy yilning 27 oktyabr kuni parlament salovlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu saylovlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Xalq deputatlari Kengashlariga deputatlar saylanadi.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan bu galgi saylovlarda ham 5 ta, O‘zLiDeP, Adolat SDP, Milliy tiklanish, Xalq demokratik va Ekologik  partiyalarning ishtirok etishiga ruxsat berildi.

Bugungi kunga kelib, mazkur siyosiy jarayonlar o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirib kelmoqda.

Siyosiy partiyalar rahbarlari o‘z elektoratlari va umuman barcha saylovchilar oldida o‘zlariga topshirilgan ishonch va vakolatdan qanchalik darajada unumli foydalangani va avvalgi saylovoldi dasturlarida belgilab olingan maqsadlarga qanchalik erishilgani haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

Xususan, Adolat SDP raisi Robaxon Mahmudova OAVga bergan intervyusida bu galgi saylovlarning aralash tizimda o‘tishi, siyosiy partiyalar o‘rtasida raqobatni mutlaqo yangi darajaga olib chiqishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Shuningdek, u partiyaning avvalgi saylovoldi dasturlaridagi bugunga qadar amalga oshirilmagan maqsadlarga erishilishida qilingan sa’y harakatlar va ularning natijalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, O‘zbekistonda tibbiyot sohasini raqamlashtirish to‘g‘risida bir necha yillardan buyon bot-bot ta’kidlab kelinishiga qaramasdan, bu yo‘nalishda Sog‘liqni saqlash vazirligi sezilarli o‘zgarishlarni amalga oshira olmaganini, «Aqlli tibbiyot»ning asosini bemorning ambulator kartasi, kasalliklar tarixi kiritilgan elektron ma’lumotlar bazasi tashkil qilishiga qaramasdan tibbiy kartalar elektron shaklga keltirilmaganligini, retseptlar hali ham qog‘oz shaklida yozib berilayotganligin ta’kidladi.

«Achinarlisi, so‘nggi ikki yilda tibbiyot sohasini raqamlashtirishga budjetdan 90 milliard so‘m yo‘naltirilgan bo‘lsa-da, natijalar kutilganidek bo‘lmayapti. Vrachlar va farmatsevtika kompaniyalarining o‘zaro xufiyona kelishuvini aytmasa ham bo‘ladi»Robaxon Mahmudova.

Shu maqsadda Adolat SDP kelgusi besh yillikda Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirish, xususan, sog‘liqni saqlash tizimini to‘liq raqamlashtirish, «elektron poliklinika» va «yagona elektron anketa» tizimlarini yo‘lga qo‘yish hamda farmatsevtika va tibbiyot xodimlari orasidagi yashirin kelishuv va noqonuniy muloqot uchun jinoiy javobgarlik belgilash borasida bir qator muhim chora-tadbirlarni amalga oshirishini ma’lum qildi.

Intervyuning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://t.me/adolat_uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring