Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qurilishi yakunlangan obyektlarni qabul qilish jarayonlari to‘liq raqamlashtiriladi

Qurilishi yakunlangan obyektlarni qabul qilish jarayonlari to‘liq raqamlashtiriladi

2025-yil 1-aprelgacha qurilishi yakunlangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish orqali shaffof tizim joriy etilishi ta’minlanadi.

Bu borada joriy yil 24-dekabr kuni Prezidentning 454-son qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-iyulgacha namunaviy va takroriy qo‘llanadigan loyiha hujjatlari bo‘yicha elektron kataloglarning yaratilishi hamda «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimiga joylashtirilishi ta’minlanadi.

Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan, budjet tizimining budjetlari hisobidan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha o‘tkazilgan davlat xaridlariga asosan qurilish muddati uch oydan kam bo‘lgan obyektlarga birinchi oyda obyekt qiymatining 30 foizi miqdorida avans mablag‘lari ajratiladi, keyingi to‘lovlar belgilangan tartibda moliyalashtiriladi.

2026-yil 1-yanvargacha sinov tariqasida, loyiha-smeta hujjatlarining qiymati BHMning 6 ming baravaridan ortiq bo‘lgan loyihalar (obyektlar) bo‘yicha quyidagilar tomonidan ekspertizadan o‘tkaziladi:

  • hajm, texnik va smeta qismi (narx qismidan tashqari) – «Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi» DM tomonidan;
  • tovar, ish va xizmatlarning narx qismi – «Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» DUK tomonidan;
  • BHMning 6 ming baravarigacha bo‘lgan loyihalar (obyektlar) bo‘yicha shaharsozlik hujjatlari «Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi» DM tomonidan.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring