Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda qarovsiz qolib ketgan o‘zbekistonlik bolalar qaytarildi

Qozog‘istonda qarovsiz qolib ketgan o‘zbekistonlik bolalar qaytarildi

Turli sabablarga ko‘ra Qozog‘istonda qarovsiz qolib ketgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik bolalar Vatanga qaytarildi.

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magi bilan «Qiyin ahvoldagi bolalarni qo‘llab-quvvatlash markazi» va Olmaota shahar ta’lim boshqarmasi hamkorligida 17 yoshli I.R., 12 yoshli S.R. va ikki yoshli M.N.ni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha barcha zarur hujjatlar tayyorlangan.

24-avgust kuni esa Bosh konsulxona diplomatlari voyaga yetmagan bolalarni Vatanga qaytarish va yaqin qarindoshlariga yetkazish maqsadida O‘zbekiston IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xodimiga topshirdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring