O‘zbekistonliklar 65-Xalqaro matematika olimpiadasida 5 ta medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston terma jamoasi 65-Xalqaro matematika olimpiadasida 2 ta kumush, 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Jumladan:
- Ozobek Axtamov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi — bronza medal;
- Rasulbek G‘affarov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi — bronza medal;
- Madina Suyunova — Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning 11-sinf o‘quvchisi — bronza medal;
- Elbek Zohidjonov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi — kumush medal;
- To‘lqin Jaylovov – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi— kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tayotgan Olimpiadada dunyoning 110 ta mamlakatidan 600 dan ortiq iqtidorli yoshlar ishtirok etmoqda. Olimpiada 22-iyulga qadar davom etadi.
Hozircha O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 43-o‘rinda. Qo‘shni davlatlar, jumladan, Qozog‘iston - 25, Qirg‘iziston – 29, Turkmaniston – 46 va Tojikiston – 67-o‘rinda bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter