Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik 8 nafar para dzyudochi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik 8 nafar para dzyudochi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritdi

Xalqaro ko‘zi ojizlar sport federatsiyasi tomonidan para dzyudo bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini beruvchi yakuniy reyting e’lon qilindi.

Reyting natijalariga ko‘ra 8 nafar o‘zbekistonlik para dzyudochi Fransiya poytaxtida bo‘ladigan Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi.

Jumladan, ayollar:

  • -57 kg Kumushxon Xodjayeva (J2)
  • -57 kg Uljon Amriyeva (J1)
  • +70 kg Feruza Ergasheva (J1)

Erkaklar

  • -60 kg Sherzod Namozov (J2)
  • -73 kg Uchqun Quronboyev (J2)
  • -90 kg Dovurxon Karomatov (J2)
  • -73 kg Shoxrux Mamedov (J1)
  • -90 kg Turg‘un Abdiyev (J1)

Ma’lumot uchun, Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining para dzyudo musobaqalari 5-7 sentyabr kunlari «Champ-de-Mars Arena» arenasida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring