Navoiy IESda yong‘in sodir bo‘ldi
Bugun, 5-yanvar kuni soat 14:29 da Navoiy IESdagi 12-sonli transformatorda yong‘in sodir bo‘lgan.
Ushbu yong‘in Navoiy IES Yong‘in xavfsizligi xizmati hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan soat 14:49 da qurshab olinib, to‘liq bartaraf etilgan.
Qayd etilishicha, yong‘in energotizimga (elektr ta’minotiga) salbiy ta’sir qilmagan.
«Yong‘in natijasida to‘xtatilgan energoblok o‘rni zaxira quvvatlari hisobidan ta’minlandi. Iste’molchilarga elektr energiyasi barqaror yetkazib berilmoqda.
Yong‘in natijasida jabrlanganlar yo‘q.
Ayni paytda stansiya barqaror ishlamoqda», – deyiladi rasmiy xabarda.
Hozirgi vaqtda yong‘in kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter