Mahkumlarning video-uchrashuvga bo‘lgan huquqi ta’minlanyapti

Parlament Quyi palatasi deputatlari bugungi majlisda ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning masofali video-uchrashuvga bo‘lgan huquqini ta’minlashga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi.
Ushbu qonun loyihasi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish orqali ularni jamiyatdan uzilib qolmasligini taminlash, jazoni o‘tab chiqqanidan so‘ng jamiyatga qayta moslashishiga ko‘maklashish maqsadida ishlab chiqilgan.
Qonun loyihasi bilan Jinoyat-ijroiya kodeksining tegishli moddalariga Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi barcha jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga masofadan video-uchrashuv huquqini berish orqali o‘z yaqinlari bilan onlayn uchrashish imkoniyatini yaratishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Bunda masofali video-uchrashuv soni jazoni o‘tash tartibotiga qarab belgilanadi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qildilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas