Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston va O‘zbekiston mahkumlarni almashadi

Qirg‘iziston va O‘zbekiston mahkumlarni almashadi

Qirg‘iziston va O‘zbekiston sudlangan fuqarolarni bir-birlariga topshiradi.

Bu boradagi hujjat loyihasi Qirg‘iziston Jogorku Keneshi tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi. 

Qirg‘iziston bosh prokurori o‘rinbosari Umutkan Konkubayevaning ma’lum qilishicha, ayni paytda O‘zbekistonda Qirg‘izistonning 42 nafar, Qirg‘izistonda esa 97 nafar O‘zbekiston fuqarosi jazoni o‘tamoqda.

Bu fuqarolarning barchasi o‘z vatanida jazoni o‘tashda davom etadi.

Mahkumlar almashishga doir bitim 2024-yilning 18-iyulida Toshkentda imzolangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring