Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmaliqdagi 14-koloniyadan 21 yoshli mahkumning jasadi chiqdi

Olmaliqdagi 14-koloniyadan 21 yoshli mahkumning jasadi chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahridagi 14-son jazoni ijro etish koloniyasidan mahkumning jasadi chiqqani aytilgan xabarlar tarqaldi. Unda marhumning onasi joriy yilning 26-28 yanvar kunlari o‘g‘li bilan uzoq muddatli uchrashuvda bo‘lgani va u sog‘lig‘i bo‘yicha hech qanday shikoyat qilmaganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan nazoratga olingan. Idora holatga doir ayrim tafsilotlarni e’lon qildi.

14-son jazoni ijro etish koloniyasi navbatchilik qismi tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 14 fevral kuni soat 22:45 da jazo muddatini o‘tayotgan mahkum sog‘lig‘ida o‘zgarish sezgani sababli koloniya shifokorlariga murojaat qilgan. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng ham uning holati yaxshilanmagani sababli, u Olmaliq shahar markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Biroq, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, mahkum 15 fevral kuni soat 01:00 da shifoxonada gipertoniya va birlamchi yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etganligi aytilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, marhumga sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Hozirda mazkur holat Ombudsman xodimlari va Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan joyiga chiqib o‘rganilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga Ombudsman tomonidan murojaat yuborildi.

«Ombudsman tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur holatni har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘rganish ta’minlanishini so‘raydi», – deyiladi Ombudsman Axborot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring