Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun janubda havo harorati 44 darajagacha ko‘tariladi — O‘zgidromet

Bugun janubda havo harorati 44 darajagacha ko‘tariladi — O‘zgidromet

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» agentligi 2-avgust kuni kutilayotgan ob-havo prognozini e’lon qildi.

Bugun kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 36-41°, janubda ba’zi joylarda 43-44° gacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 38-40° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida va Toshkent viloyatining ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-33° bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring