Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ijtimoiy himoya agentligiga qo‘shimcha vazifalar yuklanyapti

Ijtimoiy himoya agentligiga qo‘shimcha vazifalar yuklanyapti

Endi kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya bitta, ya’ni Ijtimoiy himoya agentligi tizimida bo‘ladi.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Quva shahrda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Davlat rahbari, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tizimni o‘zgartirish zarurligi ta’kidlagan.

«Mahalla yettiligida qanday ishlash kerakligi bo‘yicha tajriba to‘plandi, ularga bank-moliya instrumentlari bilan ko‘maklashish joriy qilindi. Shu bilan birga, tizim kengaygan sari yangicha yondashuvga ehtiyoj sezilmoqda», – deydi Prezident.

Shuningdek, ehtiyojmand aholi daromad manbai bilan ta’minlanmasa, yana ijtimoiy yordamga qayta-qayta murojaat etishi ko‘rsatib o‘tildi.

«Shu bois, endi kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya bitta, ya’ni Ijtimoiy himoya agentligi tizimida bo‘ladi», – dedi davlat rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring