Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda «GAB Airlines» aviakompaniyasi ish boshlagani rad qilindi

O‘zbekistonda «GAB Airlines» aviakompaniyasi ish boshlagani rad qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan O‘zbekistonda yangi «GAB Airlines» aviakompaniyasi tashkil etilgani va Airbus-320 va Airbus-330 havo kemalarida parvozlarni amalga oshirishi haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi.

Fuqaro aviatsiyasi agentligi bergan ma’lumotga ko‘ra, ushba mazmundagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Ta’kidlanishicha, fuqaro aviatsiyasida havo kemalaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday faoliyatni amalga oshirish uchun, O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksi va Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida qonun talablariga muvofiq har qanday yuridik shaxs «O‘zaviatsiya» agentligidan belgilangan tartibda havo kemasi ekspluatanti sertifikatini olishi shart.

Faqatgina havo kemasi ekspluatanti sertifikatini olgandan keyingina aviakompaniya maqomini olish mumkin va havo kemalarida havo tashuvlarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.

«O‘zini «GAB Airlines»aviakompaniyasi deb atayotgan tashkilot bugungi kunga qadar «O‘zaviatsiya» agentligiga havo kemasi ekspluatanti sertifikatini olish uchun ariza va havo kemasini sotib olgani yoki ijaraga (lizingga) olgani haqidagi hujjatlarni taqdim etmagan», – deyiladi rasmiy axborotda.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin Instagram ijtimoiy tarmog‘ida xuddi shu nomda ochilgan sahifa egasi uchuvchi, bort kuzatuvchi styuardessalar uchun ish o‘rinlarini e’lon qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring