Dunyoning eng yaxshi aviakompaniyalari aniqlandi (top-10)
Skytrax konsalting kompaniyasi dunyoning eng yaxshi aviakompaniyalarini aniqladi. Reyting yetakchisi — «Qatar havo yo‘llari».
Qatar Airways quyidagi yo‘nalishlarda yetakchi bo‘ldi:
- yo‘lovchilarga yaratilgan qulaylik;
- taomlar;
- samolyot bortida vaqtni ko‘ngilli o‘tkazish;
- servis;
- havo kemalari parki, kompaniya samolyotlarining o‘rtacha yoshi besh yil.
Ikkinchi o‘rin berilgan Singapore Airlines muvaffaqiyati «mijozlar uchun servisga sodiqlik» bilan izohlandi. Aviakompaniyaning arzon xizmat ko‘rsatuvchi Scoot deb nomlangan sho‘’ba kompaniyasi bor.
«Bronza»ga loyiq ko‘rilgan Emirates samolyotlari 152 yo‘nalishda parvoz qiladi. Kompaniyaning asosiy xabi — Dubay aeroporti.
«Bu Qatar Airways va Singapore Airlines xablaridan ham yirik», — deyiladi xabarda.
Top-10:
- Qatar Airways (Qatar);
- Singapore Airlines (Singapur);
- Emirates (BAA);
- ANA All Nippon Airways (Yaponiya, mamlakatning 72 yillik tarixga ega eng yirik aviakompaniyasi);
- Cathay Pacific Airways (Gonkong);
- Japan Airlines (Yaponiya);
- Turkish Airlines (Turkiya);
- EVA Air (Tayvan);
- Air France (Fransiya);
- Swiss International Air Lines (Shveysariya, Lufthansa Group (Germaniya) tarkibidagi aviakompaniya).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter