Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fuqarolarga tibbiyot muassasalariga hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi – loyiha

Fuqarolarga tibbiyot muassasalariga hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi – loyiha

Hukumatning «Jismoniy shaxslarni davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qo‘yish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi bilan fuqarolarni davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanmoqda.

Bunda:

  • jismoniy shaxsning doimiy yashash yoki vaqtinchalik turgan manzili o‘zgarganda ixtiyoriy ravishda yangi manzildagi davlat tibbiyot muassasalariga kompozit shaklda (bitta murojaat asosida) hisobga qo‘yish;
  • davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qo‘yilganligi haqida ma’lumotnoma taqdim etish;
  • davlat xizmatidan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish tartiblari belgilanmoqda.

Bunada SSV Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-yanvarga qadar ushbu qaror bilan tasdiqlangan reglamentga muvofiq davlat xizmatini ko‘rsatish YaIDXP orqali joriy etilishini ta’minlaydi.

Shuningdek, YaIDXPda davlat xizmati ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring