Elektromobillarni quvvatlantirish uchun maxsus tarif joriy etilishi mumkin
Kelgusida iste’mol ko‘p bo‘ladigan ertalabki – soat 06:00 dan 10:00 gacha, shuningdek, kechki soat 17:00 dan 22:00 gacha bo‘lgan vaqt davomida elektromobilni quvvatlantirganlik uchun nisbatan oshirilgan, tungi vaqtda esa 50 foizgacha arzonlashtirilgan tarif qo‘llanishi mumkin.
Energetika vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, bu borada tegishli qaror loyihasi ishlab chiqilgan.
Vazirlikka ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda mingga yaqin, Toshkent shahrida esa 500 dan ortiq quvvatlantirish stansiyalari ishlab turibdi.
2024-yil 1-noyabrigacha O‘zbekistonga 5 417 ta quvvatlantirish stansiyasi olib kirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter