Elektromobillarni zaryadlash stansiyalarini tarmoqdan uzish haqidagi xabarga izoh berildi
Energetika vazirligi elektromobillarni zaryadlash stansiyalarini tarmoqdan uzish bo‘yicha topshiriq bermagan.
Bugun bir qator ijtimoiy tarmoqlar va axborot saytlarida elektromobillarni quvvatlash stansiyalari hech qanday huquqiy asos ko‘rsatilmagan holda o‘chirib qo‘yilayotgani haqida xabar tarqaldi. Aytilishicha, quvvatlash stansiyalarini elektrdan uzish bo‘yicha vazirlik topshiriq bergan.
"O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi mazkur xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qiladi. Ta’kidlash kerakki, ayni paytda mamlakatimizda generatsiya, ya’ni elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha hech qanday muammo yo‘q. Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi esa o‘z ehtiyojimizni to‘liq qoplashga yetadi.
Energetika vazirligi quvvatlash stansiyalarini tarmoqdan uzish bo‘yicha topshiriq bermagan", deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter