Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim nafaqalar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga o‘tkazildi

Ayrim nafaqalar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga o‘tkazildi

Prezidentning 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoniga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan boshlab ayrim ijtimoiy to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga o‘tkazildi.

Jumladan:

  • Yoshga oid nafaqa;
  • Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi;
  • O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakiliga nafaqa;
  • Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa (1 va 2-guruh, 18 yoshdan katta);
  • 1 va 2-guruh nogironlari uchun nafaqa;
  • Kam ta’minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi;
  • Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam;
  • Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa («Suyunchi puli»);
  • Dafn qilish uchun nafaqa («Dafn puli»).

Bunda, ijtimoiy to‘lovlar uchun ariza berish, ularni ko‘rib chiqish, tayinlash va to‘lashning amaldagi taribi saqlab qolingani holda, fuqarolar mazkur ijtimoiy to‘lovlar bilan bog‘liq barcha savollariga tuman yoki shaharlardagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlariga murojaat qilishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring