Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abituriyent – 2024: bugun test topshirganlarning natijalari ertaga e’lon qilinadi

Abituriyent – 2024: bugun test topshirganlarning natijalari ertaga e’lon qilinadi

Hukumatning 393-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq abituriyentning test sinovidan to‘plagan ballari haqidagi ma’lumot test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga e’lon qilinadi.

Ya’ni bugun testda ishtirok etganlar o‘zlari to‘plagan ballni ertaga bila oladi.

Barcha uchun test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng abituriyentlarga yo‘nalish tanlash imkoniyati ochiladi.

To‘plagan ballidan kelib chiqib yo‘nalish tanlashdan avval abituriyentlarga @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tgan yillardagi o‘tish ballari bilan tanishishni tavsiya etilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring