Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sardor Rahimxon va yana 3 xonandaning litsenziyasi tugatildi (video)

Sardor Rahimxon va yana 3 xonandaning litsenziyasi tugatildi (video)

Foto: «Myday.uz»

Bugun, 31-may kuni «O‘zbekkonsert» davlat muassasasida «Milliy estrada san’atining yoshlar ma’naviy, axloqiy tarbiyasidagi o‘rni va san’atkor odobi» mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishga taklif etilgan 85 nafar san’atkordan 4 nafari kelmagani sababli O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon, xonandalar Asilbek Ne’matov, Feruza Jumaniyozova hamda Tohir Usmonovning litsenziyalari 2018-yil 31-maydan bekor qilindi. Bu haqdagi qarorni muassasa direktori Odil Abduqahhorov o‘qib eshittirdi.

Yig‘ilishda oltita masala ko‘rib chiqildi. Ularning ichida xonandalarning odobi, xorijda konsert berish, to‘y-hashamlar, atrof-muhit bilan muomala qilish, kitobxonlik, ya’ni savodxonlik, qo‘shiqlar va videokliplardagi mujmal, tuturiqsiz so‘zlar va shu kabi muammolar muhokama qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring