Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Umra» xizmatini ko‘rsatuvchi turoperatorlar ogohlantirilmoqda

«Umra» xizmatini ko‘rsatuvchi turoperatorlar ogohlantirilmoqda

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita so‘nggi paytlarda «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq reklama axborotlari faollashganligiga e’tibor qaratib, tegishli litsenziya va ruxsatnomalari bo‘lmagan turoperatorlarni ogohlikka chaqirmoqda.

Qo‘mitaning bildirishicha, «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga doir faoliyatni litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilagan 2024-yil 2-iyuldagi O‘RQ-935-sonli qonunga muvofiq, litsenziyaga ega bo‘lgan turoperatorlar tomonidan «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarni ko‘rsatish joriy yil 5 oktyabrga qadar amalga oshiriladi. Ya’ni mazkur muddatdan so‘ng «Umra» tadbirlari faqatgina litsenziya va ruxsatnomalari bo‘lgan turoperatorlar tomonidangina ko‘rsatiladi.

Bunda, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mazkur sohadagi litsenziyalovchi vakolatli organ sifatida belgilangan.

«2024-yil 5-oktyabrdan so‘ng «Umra» xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha barcha turdagi faoliyat noqonuniy hisoblanadi.

Ushbu qonunbuzarlik uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (68 mln so‘m) etib belgilangan», – deyiladi Qo‘mita axborotida.

O‘z navatida, fuqarolardan ham ziyorat amallarini munosib va xavfsiz bajarishlari uchun ogoh bo‘lishlari va keyinchalik turli ko‘ngilsiz holatlarga tushib qolmasliklari uchun ishonchli va kafolatlangan xizmatlardan foydalanishlari so‘ralgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring