Prezident opera artistini taqdirladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O.Nazirovga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist» faxriy unvonini berish to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi.
O‘zining yorqin iste’dodi, ijro mahorati bilan o‘zbek opera san’atini va milliy madaniyatimizni rivojlantirish, uning shon-shuhratini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, xalqaro miqyosda ijodiy aloqalarni mustahkamlash, xalqimizni jahon mumtoz musiqasidan bahramand etish, yoshlarning san’at olamiga qiziqishi va mehrini oshirish, ularni Vatanga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi ibratli ishlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun O‘zbekiston davlat simfonik orkestri opera artisti Nazirov Otabek Baxadir o‘g‘liga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist» faxriy unvoni berilsin, deyiladi farmonda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter