Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi

Zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati milodiy 2022 (hijriy 1443) yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, bu yilgi zakot nisobi 34 000 000 (o‘ttiz to‘rt million) so‘m deb belgilandi. 34 million so‘m va undan ortiq ega bo‘lgan kishi, jami mablag‘ining qirqdan biri (1/40)ni hisoblab, zakot niyatida beradi.

Fitr sadaqasi miqdori esa quyidagicha:

  • bug‘doydan 2 kg — 10 000 (o‘n ming) so‘m;
  • arpadan 4 kg — 16 000 (o‘n olti ming) so‘m;
  • mayizdan 2 kg — 100 000 (yuz ming) so‘m;
  • xurmodan 4 kg — 160 000 (bir yuz oltmish ming) so‘m deb belgilandi.

Har kim o‘z imkoniyatiga qarab, ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya qiladi.

Fidya miqdori esa «Bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo‘lib», o‘rtacha kunlik qiymati 25 ming so‘m etib belgilandi.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasining ma’lum qilishicha, mazkur qiymatlar Toshkent shahar bozorlaridagi narxga asosan belgilandi. Har bir viloyat o‘z bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring