Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Joriy yil uchun zakot, fidya va fitr sadaqa miqdorlari e’lon qilindi

Joriy yil uchun zakot, fidya va fitr sadaqa miqdorlari e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining milodiy 2025 / hijriy 1446 yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdori bo‘yicha qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra:

Zakot nisobi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bu yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobini ≈ 85 gramm 585 probali tillaning qiymatidan kelib chiqib 61 200 000 (oltmish bir million ikki yuz ming) so‘m deb belgiladi. 

Shunga ko‘ra, kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari kamida 61 200 000 (oltmish bir million ikki yuz ming) so‘m qiymatidagi pul mablag‘i yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli bo‘lsa, jami mablag‘ining qirqdan biri (2,5%)ni zakot niyatida haqdorlarga beradi.

Fitr sadaqasi miqdori

Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:

≈ 2 kg bug‘doy unidan – 10 000 (o‘n ming) so‘m;

 ≈ 4 kg arpadan – 16 000 (o‘n olti ming) so‘m;

≈ 2 kg mayizdan – 110 000 (bir yuz o‘n ming) so‘m;

≈ 4 kg xurmodan – 180 000 (bir yuz sakson ming) so‘m deb belgilandi.

Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fitr sadaqasi niyatida bersa kifoya qiladi.

Fidya miqdori

Bir kunlik fidya miqdori fitr sadaqaning miqdori bilan bir xil bo‘ladi.

Shunday ekan, har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fidya niyatida bersa kifoya qiladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring