Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazir ming dollardan oshiq maosh olayotgan o‘qituvchilar sonini ochiqladi

Vazir ming dollardan oshiq maosh olayotgan o‘qituvchilar sonini ochiqladi

Foto: Xabar.uz

Hozirda umumta’lim maktablarining 1000 AQSh dollari va undan yuqori miqdorida ish haqi oluvchi o‘qituvchilari soni 6000 nafardan ziyodni tashkil etadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ma’lum qildi. 

Vazirning aytishicha, bugungi kunda o‘qituvchilarning o‘rtacha oylik ish haqi 3,4 mln so‘mni tashkil etadi. Bu 2023-yilning mos davriga nisbatan 13,3 foizga oshgan.

Shuningdek, oliy toifali, direktor jamg‘armasi hisobidan ustama oluvchi hamda xalqaro darajada tan olingan sertifikatga ega o‘qituvchilarning ish haqi miqdorlari 10 mln so‘mni tashkil qiladi.

Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama 5,7 mln so‘m, sinovlardan shaffof o‘tgan o‘qituvchilarga bu pul ham to‘lab beriladi.

Shuningdek, olis hududga borib ishlaydigan o‘qituvchilarga 3,7 mln so‘mgacha, xalqaro olimpiada g‘olibi bo‘lgan hamda bugungi kunda o‘qituvchi bo‘lib ishlayotganligi uchun 4,1 mln so‘mgacha ustama beriladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring