Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada birdaniga uchta vazir lavozimidan ozod etildi

Germaniyada birdaniga uchta vazir lavozimidan ozod etildi

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Germaniya moliya vaziri Kristian Lindnerni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.

Shuningdek, u adliya vaziri Marko Bushmanni va ta’lim va tadqiqot vaziri Bettina Stark-Vatsingerni ishdan bo‘shatdi. Uchalasi ham Ozod Demokratik partiya vakili sanaladi.

7-noyabr kuni Shtaynmayer, agar deputatlar kansler Olaf Sholsga ishonishdan bosh tortsa, Bundestagni tarqatib yuborish va Germaniyada muddatidan oldin parlament saylovlarini boshlashga tayyorligini ma’lum qildi. Prezident kansler undan moliya vazirini ishdan bo‘shatishni so‘raganini, shundan so‘ng adliya, ta’lim va tadqiqot vazirlari undan iste’foga chiqishni so‘raganini esladi.

3-noyabr kuni Shols Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (SPD) hamraisi Lars Klingbeyl bilan SPD, Yashillar va Ozod demokratik partiyalarni o‘z ichiga olgan hukmron «Svetofor» koalitsiyasidagi kelishmovchiliklar yuzasidan favqulodda maslahatlashuvlar o‘tkazdi.

Moliya vaziri Kristian Lindner va Iqtisodiyot vaziri Robert Xabek taqdim etgan Germaniya iqtisodiyotini inqirozdan olib chiqish bo‘yicha qarama-qarshi rejalar muhokama mavzusi bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring