Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uzbekistan Airways ikkita samolyotni ijaraga oldi

Uzbekistan Airways ikkita samolyotni ijaraga oldi

Uzbekistan Airways aviaparki ikkita Airbus A330 keng fyuzelyajli uzoq masofali havo kemalari bilan to‘ldiriladi. Ushbu havo kemalari ekipaji va boshqa xarajatlari ichida bo‘lgan holda lizingga olindi. Aviakompaniya ushbu turdagi havo kemalaridan birinchi marta 2023 yil aprel oyida foydalanishni boshlagan, deyiladi kompaniya xabarida.

Avialaynerlar uzoq masofalarga, 4 soatdan ortiq amalga oshiriladigan parvozlarga mo‘ljallangan. Dastlabki bosqichda havo kemasidan Toshkentdan Istanbulga, keyinchalik Jidda va Seul qatnovlarida foydalanish rejalashtirilgan. Ilk aviaqatnov Toshkent – Istanbul – Toshkent yo‘nalishida amalga oshirilishi 20 may kuni rejalashtirilgan.

Uzbekistan Airways va Qanot Sharq aviakompaniyasi o‘rtasida ikkita A330 havo kemalarini bir yil muddatga ijaraga olish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Ijarada foydalaniladigan davr – 1 yil davomida, havo kemalari ko‘k rangda va Uzbekistan Airways havo kemalarining klassik ko‘rinishidan farq qiluvchi maxsus livreyada ekspluatatsiya qilinadi.

Ikkita A330 havo kemalari eng qisqa vaqt ichida «Uzbekistan Airways» AJning muntazam xalqaro aviaqatnovlarida aviakompaniya yo‘lovchilariga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring