Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi — «Uzbekistan Airways»

Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi — «Uzbekistan Airways»

Foto: Xabar.uz

«Uzbekistan Airways» Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishini ma’lum qildi.

Parvozlar 15−18 iyun kunlari oralig‘ida Buxoro, Urganch, Farg‘ona, Termiz, Samarqand hamda Namangan shaharlariga amalga oshiriladi.

Parvozlarning uchish kunlari quyidagicha:

Toshkent — Namangan — Toshkent — 15-iyun;

Toshkent — Buxoro — Toshkent — 15, 17, 18-iyun kunlari;

Toshkent — Termiz — Toshkent — 15, 16, 17, 18-iyun kunlari;

Toshkent — Samarqand — Toshkent — 16-iyun kunlari;

Toshkent — Urganch — Toshkent — 16, 18-iyun kunlari;

Toshkent — Farg‘ona — Toshkent — 17-iyun kunlari.

Parvozlar jadvali bilan aviakompaniya saytida tanishish mumkin.

Aviachiptalarni havola orqali onlayn hamda «Uzbekistan Airways Sales» filialida yoki aviakompaniya agentlarida xarid qilish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring