Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Futbol rivojida bir qadam: «Ucell» O‘FA bilan hamkorlik memorandumini imzolandi (foto)

Futbol rivojida bir qadam: «Ucell» O‘FA bilan hamkorlik memorandumini imzolandi (foto)

Foto:«Xabar.uz»

Bugun, 5-dekabr kuni «Ucell» va O‘FA o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu hujjatni «Ucell» bosh direktorining biznes rivoji va marketing bo‘yicha o‘rinbosari Farhod Nurmuhamedov va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovlar imzoladi.

Memorandumni imzolashdan maqsad:

• sportni, xususan, futbolni aholi o‘rtasida ommalashtirish;
• shaxsning har tomonlama uyg‘un rivojlanishida uning vazifasini oshirish;
• aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirish deya ko‘rsatilgan.

Memorandum har bir tomonning uzoq muddatli hamkorlik bo‘yicha faoliyatini belgilaydigan hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Unga ko‘ra, tomonlar o‘zaro foydali shartlarda bir-biriga texnik va tashkiliy yordam ko‘rsatadilar.

O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov shuningdek, futbolimizda kutilayotgan yangilik haqida gapirdi. Jumladan, Ermatovga ko‘ra, o‘zbek futbolida VAR tizimini joriy etish yuzasidan turli muhokamalar bo‘lgan. 

- Avvaliga bunga imkoniyatimiz yetmaydi, degan gaplar bo‘ldi. Vaholanki oxirgi o‘yinlarning birida biz bu tizimni qo‘llab ko‘rdik. Texnik va boshqa tomonlama ham VARdan foydalanishga kuchimiz yetadi, - Ravshan Ermatov. - Bugungi memorandum ham birinchi raqamli sport turi rivojiga bir qadam bo‘lsa ham ajabmas. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring