Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ucell-Plaza»da yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar

«Ucell-Plaza»da yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar

Yaqinda Ucellda yong‘in sodir bo‘lganda rahbarlar, fuqaro muhofazasini ta’minlash bo‘yicha tuzilmalar va xodimlarning harakatlarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Kompaniyaning yong‘in xavfsizligi va fuqaro muhofazasini ta’minlash bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Farrux Ahmedovning ta’kidlashicha, mashg‘ulotlarda 418 kishi ishtirok etgan va xodimlarni evakuatsiya qilish atigi 7 daqiqada amalga oshirilgan.

Ob’yektda farmonga asosan fuqaro muhofazasi tuzilmalari tashkil etilgan bo‘lib, ular bir necha yildan beri favqulodda vaziyatlardagi harakatlar algoritimlarini o‘zlashtirib kelmoqda va bu bilan xavfsizlik darajasini oshirmoqda. Shunday amaliy mashg‘ulotlar har bir hududda turli mavzularda o‘tkazib kelinadi.

Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi vakillari, shuningdek, yong‘in xavfsizligi va fuqaro muhofazasi bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi va o‘quv mashg‘ulotlari natijalarini yuqori baholab, ob’yektga favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga «TAYYoR» maqomini berishdi. Bu eng yuqori baho – 5 demakdir.

Tavsiyalar sifatida favqulodda vaziyatlarda va fuqaro muhofazasi sohasida harakat qilish tartibi va tayyorgarlikni yanada takomillashtirish yo‘llari taklif etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring