Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor issiqda energetik ichimliklar ichadiganlarni jiddiy ogohlantirdi

Shifokor issiqda energetik ichimliklar ichadiganlarni jiddiy ogohlantirdi

Issiq havoda energetik ichimliklar ichish tavsiya etilmaydi, chunki ulardagi kofein tanadan suyuqlikni chiqarib yuboradi. Bu haqda gastroenterolog Stella Xamxoyeva ma’lum qildi, deya xabar beradi «TASS».

«Kofein diuretik ta’sirga ega va issiqda ter orqali suyuqlikning chiqishi ayniqsa kuchayadi. Shunga ko‘ra, bunday ichimliklarni ortiqcha iste’mol qilish suvsizlanishga olib keladi va issiq urishi xavfini oshiradi», - deya tushuntirdi shifokor.

Kofein yurak-qon tomir tizimining ishiga ham salbiy ta’sir qiladi va ichimlikdagi ko‘p miqdordagi shakar chanqoqni qondirmaydi, balki uni oshiradi.

Bundan tashqari, kofein me’da shirasining ortiqcha ishlab chiqarilishini qo‘zg‘atadi, bu gastrit, pankreatit, oshqozon yarasiga olib keladi va ozuqa moddalarining so‘rilishini kamaytiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring