Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Behzod Yo‘ldoshevning vafoti yuzasidan hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Behzod Yo‘ldoshevning vafoti yuzasidan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va qator boshqa siyosiy arboblar FA prezidenti Behzod Yo‘ldoshevning vafoti yuzasidan hamdardlik bildirdi. 

U Xalqaro atom energiyasi agentligida fan bo‘yicha maslahatchi, AQShning Vashington va Stenford universitetlari, Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti professori lavozimlarida ishlagan. Bir qator rivojlangan mamlakatlardagi ilmiy laboratoriyalarda xalqaro tadqiqotchilar guruhlari tomonidan bajarilgan yirik eksperimentlar hamda yadroviy xavfsizlikni mustahkamlash va yadro qurollarini tarqatmaslik bo‘yicha amaliy yechimlar ishlab chiqish yuzasidan yirik loyihalarga rahbarlik qilgan.

B.Yo‘ldoshev yurtimizda milliy parlamentarizmni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shdi. 2000-2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, keyingi vaqtda Oliy  Majlis Senati a’zosi sifatida samarali faoliyat olib borib, ilm-fan sohasini rivojlantirishga oid qonun loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilishda o‘zining jonkuyarligi va fidoyiligini namoyon etdi.

"Akademik B.Yo‘ldoshevning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni, “Fidokorona xizmatlari uchun” va “Mehnat shuhrati” ordenlari, Beruniy nomidagi davlat mukofoti, “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi" unvoni bilan mukofotlangan edi", deyiladi hamdardlik matnida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring