Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jinoyatchilik bo‘yicha «og‘riqli statistika» oshkor etildi

Jinoyatchilik bo‘yicha «og‘riqli statistika» oshkor etildi

Foto: Xabar.uz

2023-yilda mamlakatda 104 096 ta jinoyat ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning 74 202 tasi yoki 71,3 foizi hisobot yilida sodir etilgan.

Jami jinoyatlar soni mamlakat bo‘yicha har 100 ming aholiga 289 tadan to‘g‘ri kelgan. Ushbu salbiy ko‘rsatkich Toshkent shahrida 735 tani, Toshkent viloyatida 415 tani, Sirdaryoda 378 tani, Farg‘onada 328 tani tashkil etgan.

28-fevral kuni Senatda bo‘lib o‘tgan Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida IIVning 2023-yilda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi borasida tegishli vazirlik va idoralar bilan olib borgan hamkorlikdagi ishlari yuzasidan axboroti eshitildi.

IIV ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yilda sodir etilgan umumiy jinoyatlarning 82,7 foizi fosh etilgan, qidiruvdagi 7 563 nafar shaxs ushlangan, bedarak yo‘qolgan 450 nafar shaxs topilgan. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanib sodir etilgan 6 455 ta jinoyat aniqlangan.

Bevosita mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash maqsadida salmoqli ishlar amalga oshirilgan. Natijada 2023-yil yakuni bo‘yicha mamlakatimizdagi 9 442 ta mahalladan 2 972 tasida yoki 31,5 foizida jinoyat sodir etilmagan. Jinoyatlar ko‘paygan 2 298 ta yoki 24,3 foiz mahalla «qizil» toifaga kiritilgan.

Bu borada IIV Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan yaqindan hamkorlik qilgani natijasida ijtimoiy ko‘makka muhtoj 6 634 nafar xotin-qiz ishga joylashtirilgan, qariyb 11 ming nafariga tibbiy, moddiy va ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilgan.

Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 40 ming nafardan ortiq xotin-qizga himoya orderi berilgan. Oilalar mustahkamligini saqlash maqsadida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida 17 327 ta oila yarashgan, oilaviy muammolar va zo‘ravonlikka duch kelgan 1 450 nafar xotin-qiz Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga joylashtirilgan.

Muhokamalar jarayonida amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan birga, huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi yo‘nalishida muayyan kamchiliklar, o‘z yechimini kutayotgan masalalar va to‘liq foydalanilmagan imkoniyatlar ham mavjudligi aytib o‘tildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring