Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda «Sharq-Aksilterror – 2024» mashg‘ulotlari o‘tkaziladi

O‘zbekistonda «Sharq-Aksilterror – 2024» mashg‘ulotlari o‘tkaziladi

2024 yilning 4-5 sentyabr kunlari Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining o‘ninchi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi hamda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligining terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha ikkinchi konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Unda ShHT va MDHga a’zo davlatlarning vakolatli organlari, MDH organlarining ishchi tuzilmalari, xalqaro tashkilotlar, shuningdek, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash muammolarini o‘rganishga jalb qilingan ta’lim va ilmiy-tahliliy tashkilotlar delegatsiyalarining ishtirok etishi kutilmoqda.

Konferensiyada BMT, MDH ATM, Interpol, YEOG, OHICHK va boshqa tashkilotlar vakillari ham qatnashadi.

Konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish, bu boradagi xalqaro hamkorlikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ishtirokchilarning xavfsizlikka nisbatan bo‘ladigan yangi tahdidlarga nisbatan umumiy tushuncha va yondashuvlarini shakllantirishdan iborat.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan MDH ATMning muvofiqlashtiruvida Hamdo‘stlik mamlakatlari vakolatli organlarining «Sharq-Aksilterror – 2024» qo‘shma aksilterror mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad muhim infratuzilma ob’yektlari va odamlar gavjum bo‘lgan joylarda terrorchilik harakatlarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma aksilterror tadbirlarini o‘tkazishda MDHga a’zo davlatlar vakolatli organlari faoliyatini takomillashtirishdan iborat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring