Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiy va Andijonda dollar sotayotganlar qo‘lga olindi

Navoiy va Andijonda dollar sotayotganlar qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar J.S. va Z.X. fuqaro A.J.ga jami 3 700 AQSh dollarini 47 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Buloqboshi tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.M. fuqaro D.Q.dan jami 3 000 AQSh dollarini 37,7 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ushlanib, 1 600 AQSh dollari va 43,7 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring