Iqtisodiyot va moliya tizimida yirik tayinlovlar amalga oshirildi
Iqtisodiyot va moliya tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Jumladan, Haydarov Abdulaziz Abdulahadovich — G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. Bunga qadar u iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Umurzoqov Ilhom O‘rinboyevich iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish departamenti rahbari lavozimida ishlagan.
Atadjanov Murodbek Bekberganovich Pensiya jamg‘armasi direktori lavozimiga tayinlangan. U bungacha G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi raisi edi.
Avvalroq Abidxadjayev Umid Kutpitdinovich iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter