Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
Boboqulov Sirojiddin Suyunovich O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar S. Boboqulov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati «Mahalla yettiligi», yoshlar siyosati va ma’naviyat masalalari departamenti Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Muratov Alisher Akmalovich O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar A. Muratov «Biznesni rivojlantirish banki» ATB Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlov amalga oshirilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter